Yosh murabbiy Manchester superklubiga kutilmagan javob qaytardi
Uni jamoani boshqarishga chaqirishdi
«Brayton» klubi bosh murabbiyi Fabian Hyurtseler o‘z kelajagi bo‘yicha qaror qabul qildi. Insayder Ben Jeykobs ma’lumotiga ko‘ra, mutaxassis «Manchester Yunayted»ni boshqarish taklifini rad etgan.
Manbaga ko‘ra, Fabian Hyurtselerde yaqin vaqt ichida «Brayton»ni tark etish istagi umuman yo‘q.
Hozir germaniyalik mutaxassis jamoasini yangi bosqichga olib chiqish borasida boshqotirmoqda va rejalarini hayotga tadbiq etish ustida ishlayapti.
«Manchester Yunayted» rahbariyati o‘tgan mavsum yaxshi natijalariga erishganiga qaramay, Maykl Kerrikning bu yilgi ishidan qoniqish hosil qilayotgani yo‘q va o‘rniga boshqa murabbiy qidiryapti.

Izohlar (0)