Asosiy mazmunga oʻtish

O'zbek sporti

Yosh og‘ir atletikachilarimiz jahon chempionatini 3 ta medal bilan boshlashdi

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

Musobaqa davom etmoqda

Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar va yoshlar terma jamoasi Peruda tashkil etilayotgan jahon chempionatida ishtirok etishi haqida ma’lum qilgan edik.

Yoshlar o‘rtasidagi bahslarda qatnashgan Diyorbek Ro‘zmetov jamoamizning musobaqadagi dastlabki medallariga mualliflik qildi. -67 kg vazn toifasida bellashgan yurtdoshimiz 1 ta kumush va 2 ta bronza medallariga sazovor bo‘ldi. 

Kumush medal:

Dast ko‘tarish (139 kg)

Bronza medal:

Siltab ko‘tarish (163 kg)
Ikki kurash (302 kg)

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q