Asosiy mazmunga oʻtish

Yosh qilichbozimiz Jahon kubogida sovrindor bo‘ldi

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Kuni kecha dunyo bo‘ylab qilichbozlik bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon kubogi bosqichlari o‘tkazildi.

Joriy hafta yakunida dunyo bo‘ylab qilichbozlik bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon kubogi bosqichlari o‘tkazilmoqda. Toshkent mazkur musobaqalarning shpaga bo‘yicha yigitlar o‘rtasidagi bellashuvlariga mezbonlik qilyapti.

Bugun tashkil etilgan yakkalik dasturidagi bahslarda terma jamoamiz bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Musobaqada yarim finalgacha etib borgan Kamron Ismoilov shohsupaning uchinchi pog‘onasiga ko‘tarildi.

Bu haqda MOQ xabar bermoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q