Asosiy mazmunga oʻtish

Dzyudo

Yoshlar Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan dzyudochilarimiz tarkibi ma’lum

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Shu kunlarda Bahrayn poytaxti Manama shahri III yoshlar Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qilmoqda.

Shu kunlarda Bahrayn poytaxti Manama shahri III yoshlar Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qilmoqda. 

Ushbu kompleks musobaqa dasturidan dzyudo bahslari ham o‘rin olgan bo‘lib, 29-30 oktyabr kunlari jami 16 ta vazn (8 ta o‘smirlar, 8 ta qizlar) toifalarida g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi. 

Murabbiylar shtabi tomonidan III yoshlar Osiyo o‘yinlarida yurtimiz sharafini himoya qiluvchi terma jamoamiz tarkibi tasdiqlandi. Dzyudochilarimiz to‘liq tarkibda medallar uchun bahslarga kirishishadi. Terma jamoamiz delegatsiyasi 27 oktyabr kuni Bahraynga jo‘nab ketadi.    

-50 kg: Shohjahon Usmonov
-55 kg: Abubakr Sattorov 
-60 kg: Davlat Ahrorov
-66 kg: Sultonbek Qo‘ldoshboev 
-73 kg: Mirzohid Xudoyqulov 
-81 kg: Samandar Sunnatov 
-90 kg: Jo‘rabek Eshpo‘latov 
+90 kg: Alibek Durdiev 

-40 kg: Dilafruz Boltaboeva 
-44 kg: Alina Kolyucheva 
-48 kg: Diana Azambekova 
-52 kg: Zuhra Alimova 
-57 kg: Gulsanam Hazratova 
-63 kg: Maftuna Ahmedova 
-70 kg: Shohista To‘raeva 
+70 kg: Xonzodabegim Usmonqulova  

Murabbiylar: Aurelian Chiprian-Flis, Gelaniy Ozdaev, Fayoz Yusufov

Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q