Yoshlarimiz Osiyo chempionatidagi raqiblari ma’lum

  • 13.09.2025 00:36
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

13 sentyabr kuni Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati boshlanadi. 

Tecno

Qit’a birinchiligida 20 davlatdan kelgan dzyudochilar jami 14 ta vazn toifasida medallar uchun bahslarga kirishishadi. O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi musobaqada to‘liq (18 nafar) tarkibda ishtirok etadi. 

Osiyo chempionatiga qur’a tashlanib, dzyudochilar ilk davradagi raqiblarini bilib olishdi. Yoshlarimiz o‘smirlarimiz singari medallar uchun asosiy da’vogar bo‘lib turishibdi.  

Dzyudochilarimiz uchun qur’a natijalari (o‘g‘il bolalar)

-60 kg: Samariddin Qo‘chqorov – Muhammad Moh Fayzal (Malayziya)

-60 kg: Asadbek Misirov – Kim Han Jun (Koreya Respublikasi)/Aysel Puradin (Indoneziya) 

-66 kg: Dilshodbek Hamroev – Muhammad Rohman (Indoneziya) 

-73 kg: Bunyod Safarov – Bael Isakov (Qirg‘iz Respublikasi)/Mihammadin Loiqov (Tojikiston)   

-73 kg: Muhriddin Ma’rufov – Tiravat Chusang (Tailand) 

-81 kg: Samariddin Muxibiddinov – Yu Do Bin (Koreya Respublikasi)/Abdullo Loiqov (Tojikiston)

-90 kg: Alisher Samanov – Daniyar Melisov (Qirg‘iz Respublikasi)/Gavin Nursanto (Indoneziya)

-100 kg: Muhammadali Zoirov – Kim Kyung Min (Koreya Respublikasi) 

+100 kg: Fazliddin Rafikov – Yash Vijayran (Hindiston)/Aliasgar Malekzadeh (Eron)
 
Dzyudochilarimiz uchun qur’a natijalari (qizlar):

-48 kg: Ruhshona Alisherova – Sofiya Radityo (Indoneziya)

-48 kg: Sevinch Murodova – Muhammad Binte Azzad (Singapur)/Tanu Maan (Hindiston)

-52 kg: So‘g‘diyona Rafkatova – Zao Tazin (Myanma)

-57 kg: Mohinur Allaberganova – Tu Hao Hyunh (Ventam)/Batsuvd Batbileg (Mo‘g‘uliston)

-57 kg: Rayhona Mamatova – Hanieh Abbaszadeh (Eron)

-63 kg: Sarvinoz Husanova – Ariuntungalag Huhuusuren (Mo‘g‘uliston)

-63 kg: Nigina Saparboeva – Fiza Aqillah (Indoneziya)

-78 kg: Shoira Aminova – Li Hey Bin (Koreya Respublikasi)/Silfi Agustin (Indoneziya)

+78 kg: Umida Nig‘matova – Venni Purba (Indoneziya)/Ayush-Tsend Chinbolor (Mo‘g‘uliston)

Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!