Yozda erkin agentga aylanadigan futbolchi "Real"ga o‘tishga rozi

  • 5 dekabr, 2024, 18:31
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul"ning angliyalik himoyachisi Trent Aleksandr-Arnold mavsum yakunida klubni tark etishi kutilmoqda. U yozda La Ligaga ko‘chib o‘tishga rozi. Bu haqda "Diario Sport" nashri xabar berdi.

Tecno

Futbolchiga yanvar oyida boshqa jamoalar bilan muzokara o‘tkazishiga ruxsat beriladi. Angliyalik o‘ng qanot himoyachisi "Real Madrid" bilan shartnoma imzolashi mumkin. Agar "mersisaydliklar" Trentga yangi shartnoma taklif qilmasa u klubni erkin agent sifatida tark etadi.

Ma’lumot uchun, Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra futbolchi 70 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!