
Yozda kelgan yulduzga “Barselona” yoqmadi!
“Milan”dagi faoliyati yakunlanganidan keyin erkin agent sifatida “Barselona”ga ko‘chib o‘tgan Frank Kesse oradan bir necha oy o‘tib, o‘ziga yangi jamoa qidira boshladi.
Kataloniyaga katta umidlar bilan kelgan 25 yoshli futbolchi bosh murabbiy Xavi Ernandesning ishonchini qozona olmadi va borgan sari tarkibga kirishi qiyinlashib bormoqda.
Klub rahbariyati ham Kesse o‘zi olayotgan maoshga loyiq darajada o‘ynamayotganini ta’kidlamoqda va undan tezroq qutilmoqchi bo‘lyapti.
Frankning o‘zi buni yaxshi biladi va qishki transferlar oynasi ochilishi bilan boshqa jamoaga o‘tish harakatini boshlab yuborgan.
Mavsum davomida 12 marotaba maydonga tushgan o‘yinchining amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyunigacha tuzilgan.
Fikrlar