Yozning eng "qaynoq" transferlari (Top-10)

  • 6 sentabr, 2021, 15:40
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

SPORTS.uz ortda qolgan yozgi transfer oynasidagi eng katta voqealarni yodga oladi.

Jek Grilish, 117 million evro evaziga "Aston Villa"dan "Manchester Siti"ga. 2020/21 yilgi mavsumdagi statistikasi: 27 o‘yin, 7 gol, 12 assist;

l43k5l3k453

Joriy mavsumda amalga oshirilgan eng qimmat transfer bilan tanishing! 5 avgust sanasida "shaharliklar" uni rasman tanishtirdi. 10-raqamni olgan pleymeyker jamoa bilan 6 yillik shartnoma imzoladi va allaqachon gol va assist qayd etishga ulgurdi. Uning so‘zlariga qaraganda, u dunyoning eng kuchli murabbiyi bilan ishlayotganidan baxtli.

Romelu Lukaku, 115 million evro evaziga "Inter"dan "Chelsi"ga. 2020/21 yilgi mavsumdagi statistikasi: 44 o‘yin, 30 gol, 10 assist;

45mhkl4m5h45h

"Inter" muxlislari qanchalar istamasin, bu transfer amalga oshdi. "Chelsi" sobiq futbolchisi uchun 115 million sarflab yubordi. Belgiyalik forvard klub bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Qahramonimiz o‘zining ilk uchrashuvidayoq "Arsenal" darvozasini ishg‘ol qilib bejizga ortga qaytmaganini ko‘rsatib qo‘ydi.

Jeydon Sancho, 85 million evro evaziga "Borussiya Dortmund"dan "Manchester Yunayted"ga. 2020/21 yilgi mavsumdagi statistikasi: 38 o‘yin, 16 gol, 20 assist;

f3443g34g34g

21 yoshli vinger so‘nggi ikki yilni Dortmund shahrida yuqori tempda o‘tkazdi. E’tiborlisi shundaki, Jeydon "Siti" akademiyasi tarbiyalanuvchisi sanaladi. Shunga qaramay, "Yunayted"dan kelib tushgan taklifni qabul qildi va muxlislar noroziligiga uchradi. Dastlabki bir necha turda maydonga tushganiga qaramay, Sancho hali foydali ishni amalga oshirishga ulgurmadi. U sport formasini to‘liq tiklab olsa, natija o‘zini kuttirmasligi aniq.

Lionel Messi, erkin agent sifatida "Barselona"dan PSJga. 2020/21 yilgi mavsumdagi statistikasi: 47 o‘yin, 38 gol, 14 assist;

ok43ofk3o4k3

Moliyaviy muammolar sababli Kataloniya klubi Leoga yangi shartnoma taqdim etishni uddalay olmadi. Uni ushlab qolish uchun qilingan harakatlar besamar ketgach, jamoa uni tinchgina Parijga qo‘yib yuborishiga to‘g‘ri keldi. 29 avgust sanasida Leo PSJ uchun ilk o‘yinini o‘tkazdi. Pochettino Messi FIFA kunlari yakunlangach, Messi yana o‘z formasini tiklab olishidan umidvor.

Rafael Varan, 40 million evro evaziga "Real"dan "Manchester Yunayted"ga. 2020/21 yilgi mavsumdagi statistikasi: 41 o‘yin, 2 gol, 4 sariq kartochka.

o34kto34ktok34t34t

O‘tgan mavsumda "Manchester Yunayted" Xarri Maguayr bilan tandemda harakat qilishga qodir ijrochi yo‘qligi bois ko‘plab ochkolarni boy berdi. Natijada, jamoa "Real"dan sovub ketgan Varan bilan muzokaralar o‘tkazishni boshladi.

Frantsiyalik himoyachi o‘zining debyut uchrashuvidayoq Grinvudga to‘pni aniq etkazib bergancha, ilk assistni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi. Sulsher ham yangi shogirdidan mamnun. Endilikda Rafa sobiq jamoadoshi Krishtianu Ronaldu bilan yana birga to‘p suradi.

Janluiji Donnarumma, erkin ageni sifatida "Milan"dan PSJga. 2020/21 yilgi mavsumdagi statistikasi: 48 o‘yin, 15 quruq o‘yin, 54 o‘tkazib yuborilgan gol.

3o4ko34kt3t4

22 yoshli darvozabon 6 yil davomida "Milan" darvozasini munosib qo‘riqladi. 251 o‘yinda 88 quruq seriya o‘tkazgan kiper yozda Italiya bilan Evropa chempionligini qo‘lga kiritdi. Darvozabon oldiga ulkan maqsadlar qo‘ygani bois, "Milan"da uzoq qolishni istamadi.

Darvozabon Parij klubi 5 yillik shartnoma imzoladi. Hozircha, u ikkinchi darvozabon sifatida 3 o‘yinni maydon tashqarisida kuzatdi. Keylor Navas qay darajada kuchli bo‘lmasin, o‘zidan yosh va mashhurroq posbonga o‘z o‘rnini bo‘shatib berishi aniq. "Real"da ham Tibo Kurtua shu yo‘sinda uni asosiy tarkibdan siqib chiqargan edi.

Ashraf Hakimi, 60 million evro evaziga "Inter"dan PSJga. 2020/21 yilgi mavsumdagi statistikasi: 45 o‘yin, 7 gol, 11 assist.

go34kgo34kg

Marokashlik himoyachi tezda Parij klubiga moslashib ketdi. Yangi jamaosi bilan 5 yillik bitimga imzo chekkan Hakimi allaqachon 5 o‘yinda ishtirok etishga ulgurdi. Uning hisobida 1 gol va 1 assist mavjud. Yomon start emas, nazarimizda.

Serhio Ramos, erkin agent sifatida "Real"dan PSJga. 2020/21 yilgi mavsumdagi statistikasi: 21 o‘yin, 4 gol, 2 assist.

f43jfi3j4f34f

Ramos Messi singari klubi bilan uzoq muddat muzokaralar olib bordi. "Peres bobo" unga 2 yillik shartnoma taklif etmagach, Serhio yuklarini yig‘ib Parijga yo‘l oldi. Nosir Al-Helayfi unga o‘zi istaganidek 2 yillik bitimga imzo chekish imkoniyatini yaratdi. Turli nashrlar bergan xabarlarga qaraganda, Ramos allaqachon klub futbolchilari va personalining jig‘iga tegishni boshlagan. Bundan chiqdi, u hali safdan chiqqani yo‘q. "Elkapitano" maydon tashqarisida jamoadoshlarini qancha asabiga tegsa, ichkarida ularni bundan ortiq himoya qilishga o‘rgangan. Aynan shunday "jangchi"ning yo‘qligi bois, Parij klubi ikki mavsumdan beri EChLning eng muhim bahslarida mag‘lub bo‘layotgandir?!

Memfis Depay, erkin agent sifatida "Lion"dan "Barselona"ga. 2020/21 yilgi mavsumdagi statistikasi: 40 o‘yin, 22 gol, 12 assist.

23ie923iei23e

Kataloniya klubi bilan ikki yillik shartnomaga qo‘l qo‘ygan Memfisga bu karerasini qutqarib qolish uchun so‘nggi imkoniyat. Startdagi 3 o‘yinda Depay 2 gol va 1 assistni amalga oshirib yangi etakchi bo‘lishga tayyor ekanligini ko‘rsatdi. Qahramonimiz Ronald Kuman qo‘l ostida to‘p surish uchun o‘z maoshini 30 foizidan kechishga ham rozi bo‘ldi. Niderlandiyalik hujumchi faoliyatidagi eng ulkan klubning yangi etakchisi bo‘lish uchun hamma narsaga tayyor ekanligi shundoq ko‘rinib turibdi.

10 - transfer uchun joyni tashlab ketdim. Sizningcha bu ro‘yxatda yana kimning ismi bo‘lishi kerak? Javobingizni izohlarda qoldiring!

Ya . U

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!