Yulduzlar kerak emas! “Real” yangi yilda qaysi o'yinchilarni olishni belgiladi

  • 11.01.2026 08:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

ESPN jurnalistlarining xabar berishicha, Madriddning “Real” klubi kelasi yozda jamoani kuchaytirish maqsadida markaziy himoyachilar bozorini sinchkovlik bilan o‘rganа boshladi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, “Qirollik klubi” transfer siyosatini biroz yangilab, tajribali va taniqli o‘yinchilar o‘rniga asosan yosh iste’dodlarni olishga e’tibor qaratadigan bo‘ldi.

Bundan kelib chiqib,  uzoq vaqt madridliklar nishonida turgan “Liverpul” markaziy himoyachisi Ibrohim Konate, “Bavariya” bilan xayrlashayotgan Dayo Upamekano va “Kristal Pэlas” sardori Mark Gexi variantlaridan voz kechildi.

“Real” ularning o‘rniga  “Borussiya Dortmund”dan Niko Shlotterbek  hamda “Renn”da o‘ynayotgan himoyachi Jeremi Jakega e’tibor qaratmoqda.

Bundan tashqari, “Real” o‘z akademiyasi o‘yinchilarining rivojlanishini ham diqqat bilan kuzatib boryapti. Xususan, “Kastilya”da o‘zini ko‘rsata boshlagan Xoan Martines hamda huquqlari “Komo”ga tegishli bo‘lgan Xakobo Ramonning o‘sishini skautlar muntazam nazorat qilyapti. Ramonning Italiya klubi bilan shartnomasini uni kelasi yili 8 million yevroga sotib olishni ta’minlovchi band bor va madridliklar bu imkoniyatdan foydalanishni rejalashtirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!