
Yulduzlarga to‘lib toshgan PSJ navbatdagi sovrinni boy berdi
Frantsiya superkubogi final uchrashuvida o‘tgan mavsum chempioni va kubogi egasi "Lill" hamda PSJ o‘zaro to‘qnash keldi. O‘yin mezbonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Lilliklarga sovrin taqdim etgan yagona gol 45-daqiqada Sheka tomonidan kiritildi. Burak Yilmazning uzatmasidan keyin yarim himoyachi jarima maydoni tashqarisidan Navas darvozasini ishg‘ol etdi.
Shu tariqa, "Lill" parijliklarning 8 yillik seriyasi yakunlanishiga sabab bo‘ldi. Ma’lumot uchun, PSJ joriy transfer bozorida 5 nafar yangi yulduzni o‘z safiga qo‘shib olgandi.
Fikrlar