Yuliya Putintseva kutilmaganda g‘alaba qozondi
Zohir2018
Elena Ostapenkoning qora kunlari davom etmoqda
Qozog‘istonlik Yuliya Putintseva va latviyalik Elena Ostapenko Tsintsinnati shahrida o‘tayotgan musobaqada o‘zaro kuch sinashdi.
Uch set davom etgan o‘yinda Yuliya 6:2, 6:7, 6:3 hisobida raqibini dog‘da qoldirib, ikkinchi davra yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Endi Yu.Putintseva "Western & Southern Open" turnirining ikkinchi davrasida amerikalik Sloan Stivensga qarshi kortga chiqadi.
Izohlar (0)