
Yurgen Klopp qur’a natijalari va "Real" haqida gapirdi
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp Chempionlar ligasi nimchorak finali qur’a natijalari haqida fikr bildirdi.
“Bu — Chempionlar ligasi. Men qur’a natijalaridan juda xursandman. Bellashuvlar boshlanishiga hali bir necha oy bor, ammo o‘yinlar atmosferasini tasavvur qilish uchun ko‘p narsa talab etilmaydi. Qur’a bizga o‘zgacha qarama-qarshilik taqdim etdi. "Real" bilan uchrashuvni intiqlik bilan kutmoqdamiz", - dedi "Liverpul" ustozi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum Chempionlar ligasi finalida "qaymoqranglilar" "qizillar"ni minimal hisobda mag‘lub etishgandi.
Fikrlar