Yurish davom etadi! Legionerimiz Yevropa chempionlar ligasida to‘rtinchi g‘alabasini nishonladi
UEFA Chempionlar ligasi saralash bosqichidagi navbatdagi uchrashuv yakunlandi. Musobaqaning ikkinchi saralash raundi doirasidagi javob oʻyinida Finlyandiya ning «KuPS» jamoasi oʻz maydonida Ozarbayjon ning «Sabah» klubini qabul qildi.
Uchrashuvda mehmonlar 2:0 hisobida gʻalaba qozondi. Ilk oʻyinda ham Boku klubi 1:0 hisobida zafar quchgan edi.
Bellashuv Finlyandiya ning Kuopio shahrida joylashgan «Vyare Arena» stadionida boʻlib oʻtdi. Uchrashuvni isroillik hakam Gal Laybuvits boshqarib bordi.
Hisob ikkinchi boʻlim boshlangan ochildi. 53-daqiqada Djoy-Lens Mikkels aniq zarbasi bilan «Sabah»ni hisobda oldinga olib chiqdi. 70-daqiqada esa u yana bir gol urdi va dublini rasm an qayd etdi.
Shu tariqa, ikki oʻyin natijasiga koʻra «Sabah» keyingi bosqich yoʻllanmasiga ega chiqdi. Keyingi raundda ozarbayjonliklar Polshaning «Lex» klubi va Daniyaning «Orxus» jamoalari oʻrtasidagi juftlik gʻolibi bilan toʻqnash keladi. Ushbu juftlikdagi ilk oʻyinda «Lex» 4:1 hisobida ishonchli gʻalaba qozongan.
Taʼkidlash joizki, Ozarbayjon chempioni hisoblangan «Sabah» tarkibida oʻzbekistonlik yarim himoyachi Umarali Rahmonaliev asosiy tarkib oʻyinchisi sifatida toʻp tepmoqda. 22 yoshli futbolchimiz Yevropa miqyosidagi debut mavsumida toʻrtta uchrashuvda ishtirok etib, maydonda jami 318 daqiqa harakat qildi.
«Sabah» bu uchrashuvlarning barchasini oʻz foydasiga hal qildi. Bokuliklar Chempionlar ligasi saralash turnirining birinchi bosqichida Uels jamoasini 2:0, 2:1 hisobida magʻlubiyatga uchratgan edi. «KuPS»ga qarshi ikki uchrashuv ham Rahmonaliev jamoasi gʻalabasi bilan yakunlandi.
Eslatib oʻtamiz, UEFA Chempionlar ligasining amaldagi gʻolibi «Pari Sen-Jermen» klubi hisoblanadi.

Fikrlar