"Yuventus" "Barselona" ko‘zlagan futbolchi uchun kurashda favoritga aylanib oldi

  • 14 dekabr, 2018, 22:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning "Yuventus" klubi "Ayaks" himoyachisi Mateys de Ligt uchun kurashda favoritga aylanib oldi.

Tecno

Sport.es nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “keksa sinora” 19 yoshli gollandiyalik futbolchini mavsum yakunlangach, ya’ni yozgi transferlar davrida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi va buning uchun amsterdamliklarga 80 mln evro to‘lashga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, de Ligt uchun dastavval “Barselona” klubidan qiziqishlar borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, de Ligt asli “Ayaks” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsum jami 26ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 3ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!