
"Yuventus" bugun Allegrini iste’foga chiqarishi mumkin
Turinning "Yuventus" klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri bugun, ya’ni 9 may kuni iste’foga chiqarilishi mumkin. Bu haqda Sport Mediaset muxbiri Bruno Longi xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra Allegri va rahbariyat o‘rtasida yozgi transferlar davrida jamoani shakllantirish masalasida chuqur qarama-qarshiliklar paydo bo‘lgan. Aynan shu sabab tomonlar 2021 yilga qadar tuzilgan o‘zaro shartnomani bekor qilishlari kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Allegri “Yuventus”ni 2014 yildan buyon boshqarib kelmoqda.
Fikrlar