
"Yuventus" "Evro-2024" kashfiyotini to‘liq sotib oladi
Italiyaning "Yuventus" klubi Fransisko Konseysaoni to‘liq sotib olishni rejalashtirmoqda.
Jurnalist Janluka di Martsioning so‘zlariga ko‘ra, turinliklar vingerning o‘yinidan mamnun . Ijara muddati tugagach, uni huquqiy jihatdan tegishli bo‘lgan "Portu"dan sotib olish maqsad qilingan.
Uning transferi "keksa sinora"ga 35 million evroga tushishi tahmin qilinmoqda. Bitimning yakuniy va aniq tafsilotlari yaqin orada ikki jamoa tomonidan o‘zaro kelishib olinadi.
Eslatib o‘tamiz, 2024/25 yilgi mavsumda Konseysao "Yuventus" safida barcha turnirlarda 5 ta o‘yin o‘tkazib, ikkita gol kiritishga ulgurdi.
Fikrlar