
"Yuventus" futbolchisi Shomurodovning jamoadoshiga aylanishi mumkin
"Yuventus"ning braziliyalik yarim himoyachisi Artur faoliyatini Italiya poytaxtida davom ettirishi mumkin.
Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 25 yoshli futbolchi uchun "Roma" va "Latsio" klublari qiziqish bildirmoqda. O‘z navbatida Artur "Yuventus"da etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmayotgani tufayli jamoasini o‘zgartirishga qarshi emas.
Qayd etilishicha, “Roma” ham, “Latsio” ham ushbu vaziyatdan foydalanib, yarim himoyachini yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar davridayoq sotib olmoqchi.
Artur joriy mavsum "Yuventus" safida bor yo‘g‘i 8 ta o‘yinda maydonga tushdi xolos.
Fikrlar