
"Yuventus" ham Superliga masalasida rasmiy bayonot berdi
Turinning “Yuventus” klubi o‘zining rasmiy saytida Superliga masalasida rasmiy bayonot bilan chiqdi.
“Biz ba’zi klublarning loyihadan chiqib ketish niyatidan xabardormiz, garchi klublar o‘rtasidagi kelishuvda ko‘zda tutilgan zarur tartib-qoidalar bajarilmagan bo‘lsa ham. Shu nuqtai nazardan, biz hozirda loyihani dastlab o‘ylab topilganidek bajarish ehtimoli nisbatan kichik. "Yuventus" hali ham musobaqaning sport, tijorat va huquqiy jihatlari ishonchliligiga amin. Klub o‘z yo‘lida sodiq qolmoqda”, - deyiladi xabarda.
Kecha Superliganing aksariyat jamoalari musobaqada ishtirok etishdan bosh tortdi. Ammo “Real”, “Barselona” va “Yuventus” bu borada o‘z fikrini o‘zgartirgani yo‘q.
“Keksa sinora” ayni damda A Seriyada 4-o‘rinda bormoqda. Ular peshqadam “Inter”dan 13 ochko kam jamg‘argan.
Fikrlar