
"Yuventus" himoyachisi jamoa ko‘p gol o‘tkazib yuborayotganidan xavotirda
"Yuventus"ning markaziy himoyachisi Gleyson Bremer Chempionlar ligasi doirasida"Borussiya Dortmund"ga qarshi o‘tkazilgan o‘yindan (4:4) so‘ng o‘z fikrlar bilan o‘rtoqlashdi.
- Biz bu ruhiyatni saqlab qolishimiz kerak, lekin bu qadar ko‘p gol o‘tkazib yubormasligimiz lozim. Ikki o‘yinda ettita gol - bu mutlaqo achinarli. Ikkinchi bo‘limda bizda muvozanat yo‘qoldi. Charchoq ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin, ammo raqiblarga bunday gollarni urishlariga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak edi. Baxtimizga, oxirida hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldik, - dedi Bremer "Sky Sport" nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, shanba kuni "Yuventus" A Seriyada "Inter"ni mag‘lub etgan edi (4:3).
Fikrlar