"Yuventus" hujumchisi APLning grand klubiga yo‘l olishi mumkin

  • 09.11.2025 15:09
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Yuventus" hujumchisi, kanadalik Jonatan Devid qishda Angliya Premer-ligasiga yo‘l olishi mumkin.

"TuttoMercatoWeb" xabariga ko‘ra, "Chelsi" va "Tottenxem" 25 yoshli forvardni qishki transfer oynasida olib kelish imkonini ko‘rib chiqmoqda.

Sobiq "Lill" futbolchisi Turin klubida kutilgan darajada o‘yin ko‘rsata olmayapti, shu sabab "Yuventus" uni qishda ketish ehtimolini ko‘rib chiqmoqda.

Manbalarga ko‘ra, Devid mavsum oxirigacha ijaraga berilishi ham mumkin.

Eslatib o‘tamiz, u "Yuventus" safini o‘tgan yozda to‘ldirgan edi. Shu vaqtgacha A Seriyada 10 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va bir golli pas qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!