"Yuventus" Keza bilan muzokaralarni boshlaydi

  • 17.06.2024 13:41
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Turinning "Yuventus" klubi rahbariyati Federiko Kezaning vakillari bilan muzokaralarni boshlamoqchi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Manbaning xabariga ko‘ra, tomonlar hamkorlikni uzaytirish masalasini muhokama qilishadi. Uchrashuv Evropa chempionati yakunlanganidan so‘ng bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Turnir 14 iyul kuni yakunlanadi. 26 yoshli futbolchining transfer qiymati 35 million evroni baholanmoqda va uning turinliklar bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Ma’lumot uchun, Italiya chempionatining o‘tgan mavsumida Federiko 33 ta o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!