“Yuventus” “Manchester Siti” yetakchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • 18.03.2026 18:08
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silva Turinning "Yuventus" klubi qiziqish bildirmoqda. Bu haqida Gazzetta dello Sport nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, "Yuventus" "Nyukasl" vakili Sandro Tonalidan sovigandan keyin e’tiborini Silvaga qaratmoqchi. Avvalroq, portugaliyalik futbolchining shartnomasi yakunlangach, mavsum yakunlangach, "Manchester Siti"ni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Joriy mavsumda 31 yoshli Silva barcha musobaqalarda 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Transfermarkt portali mutaxassislari yarim himoyachining narxini 27 million yevroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!