"Yuventus" Morata uchun 3 futbolchisini bermoqchi

  • 6 sentabr, 2020, 20:38
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Yuventus" klubi rahbarlari o‘zlarining sobiq futbolchisi Alvaro Moratani ortga qaytarish bo‘yicha jiddiy ishga kirishdi.

Turinliklarning ispaniyalik futbolchi uchun so‘ralayotgan 80 mln evroni to‘lashga imkoni yo‘q. Shu sababli, ular "Atletiko"ga 3 nafar futbolchini taklif qilmoqchi. Remzi, Bernardeski hamda Duglas Kosta Ispaniyaga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Hozircha "keksa senora" o‘ziga yaxshi darajadagi hujumchi topishga ulgurmadi. Aynan Morata ulardagi kamchilikni yopishi mumkin. 27 yoshli hujumchi 2014-16 yillar davomida "Yuventus" sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!