
"Yuventus" Moyze Kin bilan shartnomani uzaytiradi
Turinning "Yuventus" klubi rahbariyati jamoa hujumchisi Moyze Kinga yangi shartnoma taklif qilmoqchi. Bu haqda Goal.com xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “keksa sinora” futbolchisining Italiya terma jamoasi safida ko‘rsatgan yorqin o‘yinlari sabab shunday qarorga kelgan. Boisi, so‘nggi paytlarda unga ko‘plab grand klublardan qiziqishlar paydo bo‘la boshladi.
Ma’lumot uchun, Kin joriy mavsum “Yuventus” safida birorta ham uchrashuvda ishtirok etmadi. Uning transfer bahosi esa 15 mln evroni tashkil etadi. Uning turinliklar bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar