"Yuventus" muxlislari uchun xushxabar!

  • 07.04.2021 00:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Turinning “Yuventus” klubi himoyachisi Merix Demiral koronavirusdan to‘liq sog‘aydi. Bu haqda matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbada yozilishicha, 23 yoshli turkiyalik futbolchi bugundan boshlab jamoa mashg‘ulotlariga qo‘shiladi. U joriy mavsum “Yuventus” safida jami 23 ta o‘yinda ishtirok etdi va jamoasining 1 ta goliga assistentlik qildi.

Demiralning “keksa sinora” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan. Uning ayni damdagi transfer narxi 30 mln evroga baholanmoqda.

Bugun “Yuventus” A Seriyaning qoldirilgan bahsi doirasida o‘z maydonida “Napoli”ni qabul qiladi. Ushbu bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:45 da boshlanishi belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!