
"Yuventus" MYu hujumchisi transferi bo‘yicha taklif yubordi
"Yuventus" klubi "Manchester Yunayted"ga Jeydon Sancho transferi bo‘yicha rasmiy taklif yubordi, deb xabar bermoqda CalcioMercato nashri. Turin klubidan tashqari 25 yoshli vingerga "Napoli" ham qiziqmoqda. Xabarlarga ko‘ra, neapolliklar bosh murabbiyi Antonio Konte futbolchi bilan bevosita bog‘langan.
O‘tgan mavsumda angliyalik futbolchi "Chelsi" safida ijarada o‘ynagan. Avvalroq London klubi MYuga futbolchini butunlay sotib olmaslik uchun 5 million evro miqdorida kompensatsiya to‘lagandi. Sancho o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 10 ta golli uzatma amalga oshirdi.
2024 yilda ham "Yuventus" ingliz futbolchisini transfer qilishga qiziqqandi, biroq o‘sha vaqtda bu transfer amalga oshmagan.
Fikrlar