
"Yuventus" "Portu"ga qarshi o‘yin arafasida jiddiy yo‘qotishga uchradi
"Yuventus"ning kolumbiyalik yarim himoyachisi Xuan Kuadrado jarohat olib safdan chiqdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, Kuadrado kamida 10 kun maydonga tusha olmaydi. Shu tariqa u 17 fevral kuni "Portu"ga qarshi bo‘ladigan EChL 1/8 final dastlabki uchrashuvini o‘tkazib yuboradi.
32 yoshli Kuadrado joriy mavsum “Yuventus” safida jami 25 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 13 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar