«Yuventus» qishda argentinalik futbolchini sotib olishga qaror qildi
«Yuventus» yanvarda «Lion» himoyachisi Nikolas Talyafikoni transferi bo‘yicha muzokara boshlashi mumkin
Argentina terma jamoasi himoyachisi Nikolas Tallyafiko faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlarda insayder Ekrem Konur tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda «Lion» sharafini himoya qilayotgan futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga «Yuventus» jiddiy qiziqmoqda. Xabarda aytilishicha, «keksa sinyora» Tallyafikoni transfer qilish bo‘yicha qishki transfer oynasida harakat boshlashni rejalashtirgan.
34 yoshli qanot himoyachisi «Lion» tarkibiga 2022 yil yozida qo‘shilgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. Mutaxassislar Tallyafikonning bozor qiymatini taxminan 4 million yevro atrofida baholamoqda.
Joriy mavsumda futbolchi Fransiya chempionatida hozircha atigi bitta o‘yinda maydonga tushgan.

Izohlar (0)