
“Yuventus” Ronaldudan voz kechishga qaror qildi
Marca nashrining xabar berishicha, “Yuventus” yozgi transferlar vaqtida Krishtianu Ronalduni sotib yuborishni rejalashtirmoqda.
Klub rahbariyati Ronalduning ketishi jamoaga ijobiy ta’sir qiladi, degan fikrga kelgan. Ta’kidlash joizki, ko‘pchilik portugaliyalik yulduzni jamoaviy o‘yindan chiqib, faqat o‘zi uchun harakat qilishini tanqid ostiga olmoqda.
Bundan tashqari, Turin klubi Ronalduning jamoa uchun muhim ekanini biladi, lekin bosh murabbiy Massimiliano Allegri talab qilayotgan islohotlarni amalga oshirish uchun mablag‘ zarur. “Yuventus” Ronaldu sotish orqali mablag‘ jamg‘arish va portugaliyalik hujumchiga to‘lanayotgan yillik 31 million evro miqdoridagi maoshni tejashni o‘ylamoqda.
Shunga qaramay, ayni paytda Ronalduni o‘z safida ko‘rmoqchi bo‘layotgan jamoa yo‘q. Krishtianuning amaldagi shartnomasi yangi mavsum oxirida yakunlanadi.
Fikrlar