"Yuventus" va "Inter" Jekoni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • 1 iyul, 2021, 18:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Sport Mediaset nashri tarqatgan xabarga qaraganda, Bosniya va Gertsegovina hujumchisi Edin Jeko joriy yozgi transferlar davrida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 35 yoshli futbolchi uchun "Yuventus", "Inter" va "Beshiktosh" klublari jiddiy qiziqish bildira boshlagan. Rimliklar agar moliyaviy tarafdan yaxshi taklif kelib tushsa, Jekoni sotishga tayyor. Ammo "Yuventus" va "Inter" moliyaviy qiyinchiliklar sabab ushbu transfer evaziga “Roma”ga o‘z futbolchilaridan birini berishi mumkin.

Nima bo‘lganda ham, Jekoning “Roma”dagi taqdirini bosh murabbiyi Joze Mourinoning yakuniy xulosasi hal qiladi.

Edin Jeko  o‘tgan mavsum A Seriyada jami 27 ta o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu o‘yinlarda raqib darvozasiga 7 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!