
"Yuventus" yozda Pogbani sotib olishga urunib ko‘radi
Turinning "Yuventus" klubi yozda "Manchester Yunayted"dan o‘zining sobiq futbolchisi Pol Pogbani qaytarib olishga urunib ko‘radi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Pogbaga shuningdek "Real"dan ham qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Aynan “qirollik klubi” frantsiyalik futbolchi uchun birinchi raqamli da’vogar hisoblanadi. Biroq, “Yuventus” uning agenti Mino Rayola bilan bog‘lanishga harakat qilmoqda.
Ma’lumot uchun, Pogba joriy mavsum MYu safida 37ta o‘yinda maydonga tushdi va 14ta gol hamda 11ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar