"Yuventus"ga "Barselona" hujumchisi kerak. Ammo...

  • 4 oktabr, 2024, 23:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning "Yuventus" klubi "Barselona"ning 24 yoshli vingeri Ferran Torresga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Calciomercato.it xabar berdi.

Tecno

Manbaning yozishicha, A Seriya grandi qishki transfer oynasida ispaniyalik futbolchini sotib olish imkoniyatlarini o‘rganib chiqmoqda. Ta’kidlanishicha, "ko‘k-anorranglilar" mavsum o‘rtasida o‘z hujumchilaridan birortasi bilan xayrlashmoqchi emas. Bundan tashqari, Turin klubi Torresga asosiy tarkibdan joy olishini kafolatlay olmaydi.

Joriy mavsumda Torres barcha musobaqalarda to‘qqizta o‘yinda qatnashib, bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar imzolangan. Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 30 million evroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!