
"Yuventus"ga "Chelsi" futbolchisi kerak emas
"Chelsi" himoyachisi Antonio Ryudiger qishki transfer vaqtida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
"Football Italia" nashrining xabariga ko‘ra, futbolchining agenti mijozini "Yuventus"ga taklif qildi. Ammo turinliklar rahbariyati jamoaga qo‘shimcha markaziy himoyachi kerakmas deb hisoblamoqda.
Avvalroq, germaniyalik futbolchi xizmatiga "Barselona" va "Milan" klublari ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Fikrlar