
Zaxiradagi futbolchilardan foydalanish borasida Xavidan master-klass!
"Barselona" 2019 yildan keyin ilk bor Chempionlar ligasi chorak finalida g‘alaba qozondi. Uchrashuvda dastlab hisobni ochishga muvaffaq bo‘lgan kataloniyaliklar ikkinchi taym boshida ikki marta o‘z darvozalaridan to‘p olib chiqishdi. Bunga esa Xavi javob qaytara oldi.
61-daqiqada ispaniyalik mutaxassis Pedrini maydonga tushirishga qaror qildi va oradan bir daqiqa o‘tar-o‘tmas yarim himoyachi ajoyib uzatmasi bilan Rafinyaning ikkinchi goliga assist amalga oshirdi. 21 yoshli xavbek endigina jarohatdan qaytdi.
75-daqiqada Andreas Kristensen Frenki de Yongning o‘rniga maydonga tushdi. Himoyachi to‘pga birinchi teginishining o‘zidayoq boshi bilan darvozani ishg‘ol qildi. Shu bilan birga, bitta sariq kartochka ham oldi. Endi u javob o‘yinini o‘tkazib yuboradi.
Eslatib o‘tamiz, ikkinchi uchrashuv 17 aprel kuni "Barselona" maydonida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar