
Zidan APL klubida ish boshlashi mumkin
Frantsiyalik mashhur mutaxassis Zinedin Zidan APL klubini boshqarishi mumkin.
"OK Diario" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, "Chelsi" rahbariyati bildirgan ishonchni oqlay olmagan Grem Potter tez fursatlarda iste’foga chiqariladi. Klubdagilar allaqachon uning o‘rniga boshqa nomzod izlamoqda.
Ayni paytda ishsiz yurgan murabbiylar ichida londonliklar uchun eng yaxshi variant Zidan ekani taxmin qilinmoqda. Unga "aristokratlar" boshqaruvida yiligi 50 million evro maosh taklif qilingan. 50 yoshli mutaxassis anchadan beri ishsiz yuribdi. U so‘nggi bor 2020/21 yilgi mavsumni "Real"da o‘tkazgan.
"Chelsi" ayni paytda APL turnir jadvalida 28 ochko bilan 10-pog‘onada bormoqda.
Fikrlar