
Zidan Beyl va Xamesni "Red Bull"ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritmadi
“Real” Madrid klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan Avstriyaning “Red Bull” klubiga qarshi o‘tkaziladigan o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etadigan futbolchilarni e’lon qildi.
E’tiborlisi, ushbu tarkibga Garet Beyl, Xames Rodriges va Mariano Diaslar kiritilmadi.
Darvozabonlar: Tibo Kurtua, Keylor Navas, Andrey Lunin.
Himoyachilar: Dani Karvaxal, Serxio Ramos, Rafael Varan, Nacho, Eder Militao, Marselo, Alvaro Odriosola, Adri de la Fuente.
Yarim himoyachilar: Kazemiro, Toni Kroos, Luka Modrich, Isko, Federiko Valverde, Eder Azar, Lukas Vaskes, Vinisius Junior.
Hujumchilar: Karim Benzema, Luka Yovich.
Eslatib o‘tamiz, “Real” va “Red Bull” jamoalari bahsi bugun Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi.
Fikrlar