
Zidan bir qarorga keldi, u Frantsiyada ish boshlaydi
Frantsiyalik mutaxassis Zinedin Zidan tez orada yangi joyda ish boshlashi mumkin.
"Todofichajes" nashri ma’lumotlariga qaraganda, u "Pari Sen-Jermen"ni boshqarishga rozilik bergan. 50 yoshli murabbiy mavsum so‘ngida parijliklar bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Xabarlarga ko‘ra, parijliklar rahbariyati klubning ayni paytdagi ustozi Kristof Galtening natijalaridan ko‘ngli to‘lmayapti. Shu bois, u mavsum so‘ngida iste’foga chiqariladi.
Zidan murabbiylik faoliyati davomida faqatgina "Real"da ishlagan va madridliklar bilan 3 bor Evropa Chempionlar ligasi sovrinini qo‘lga kiritgan.
Fikrlar