Zidan birinchi oʻyindayoq Mbappening hafsalasini pir qildi

  • 26.09.2026 14:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

UEFA Millatlar ligasi guruh bosqichi birinchi turida Frantsiya terma jamoasi safarda Turkiya milliy jamoasiga qarshi maydonga tushdi. «Uch ranglilar» yagona gol evaziga 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. G‘alabali golni hujumchi Kilian Mbappe urdi.

The Touchline nashri xabariga ko‘ra, yulduz hujumchi bosh murabbiy Zinedin Zidan qaroridan mamnun bo‘lmagan. «Zizu» Mbappeni o‘ng qanot o‘rniga maydonning chap flangida o‘ynashga qo‘ygani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘yin davomida Kilian jarohat oldi va 58-daqiqada zahiraga olindi.

Frantsiya terma jamoasining Millatlar ligasidagi navbatdagi uchrashuvi ham safarda o‘tadi — raqib Belgiya terma jamoasi bo‘ladi. Belgiya – Frantsiya bahsi dushanba, 28 sentabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!