
Zidan bu jamoaga kelib ahmoq emas!
Zinedin Zidan bilan “Bordo” va Frantsiya terma jamoasida birga o‘ynagan sobiq futbolchi Kristof Dyugarri do‘stining murabbiylik faoliyati bo‘yicha fikr bildirdi.
Dyugarri Zidanning PSJni boshqarishiga qarshi ekanini yashirmayapti. Uning ta’kidlashicha, Parij klubining ichki muhiti buzilgan.
- Zidan nimalar haqida o‘ylayotganini bilmayman. U PSJni boshqarmaydi, deb o‘layman. Bu jamoaga kelish uchun ahmoq bo‘lish kerak. Zidan undaylardan emas. U es-hushi joyida bo‘lgan oddiy yigit, - dedi Kristof Dyugarri.
Zinedin Zidan “Real”dan ketganidan beri ishsiz yuribdi. Bu mutaxassis aslida Frantsiya terma jamoasini boshqarishni rejalashtirayotgan edi. Biroq, Dide Deshamning muvaffaqiyatli faoliyati bunga imkon bermayapti.
Fikrlar