Zidan: Dias mening rejalarimga kirmaydi

  • 25 iyul, 2019, 13:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoa hujumchisi Mariano Dias uning rejalariga kirmasligini aytdi.

“Dias mening rejalarimga kirmaydi. U biz bilan shug‘ullanyapti va men tarkibni shakllantirishim kerak. Nima bo‘lishini keyin ko‘ramiz”, - deydi frantsiyalik mutaxassis.

Ma’lumot uchun, “Real” Diasni bundan roppa-rosa bir yil muqaddam “Lion”dan sotib olgan edi. U o‘tgan mavsum 22ta o‘yinda ishtirok etdi va 5ta gol urishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!