Zidan: Futbol tarixida bu jamoaga teng keladigani yo‘q

  • 20.10.2025 10:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Jahon futbolchi yulduzi Zinedin Zidan futbol tarixidagi eng zo‘r jamoa qaysi ekanini aytdi. Uning aytishicha, Arrigo Sakki boshchiligidagi “Milan”ga teng keladigan jamoa bo‘lmagan.

- Fubol tarixidagi eng zo‘r jamoa Marko van Bastenom, Frank  Raykaard, Rudd Gullit,  Franko Barezi va Paolo Maldini kabi o‘yinchilarni o‘zida jamlagan “Milan” edi. O‘sha jamoa juda ko‘p uchrashuvlarni o‘z foydasiga hal qilgan. Arrigo Sakki jamoasi haqiqatan hammani hayratga sola olgan, - dedi Zinedin Zidan.

Arrigo Sakki “Milan”ni ikki marotaba – 1987-1991 hamda 1996-1997 yillar davomida boshqargan. Tajribali mutaxassis jamoa bilan Italiya chempioni, mamlakat Superkubogi egasi, ikki bor Evropa Chempionlari kubogi, Evropa Superkubogi va qit’alararo kubok g‘olib bo‘lgan.

Zinedin Zidanning o‘zi ham futbolchilik davrida klublar miqyosida qator nufuzli sovrinlarni qo‘lga kiritgan. Frantsiya terma jamoasi safida jahon va Evropa chempioni bo‘lgan. Murabbiy lavozimida “Real”ni boshqarib, uch marotaba Chempionlar ligasi shohsupasiga ko‘tarilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!