Zidan jonajon klubini boshqarishni istamoqda. Biroq u "Real" emas

  • 21 dekabr, 2022, 16:40
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid klubi sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan yana klublar futboliga qaytishi mumkin. U "Yuventus" jamoasini boshqarishni istamoqda. 

Tecno

"L'Equipe" nashrining xabar berishicha, agar Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham terma bilan shartnomasini uzaytirsa, Zidan turinliklar bilan muzokaralarga kirishishga tayyor. Avvalroq, Zinedinning Frantsiya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlanishi haqida xabarlar chiqayotgandi.

Ma’lumot o‘rnida, "uch ranglilar" mundialda qatorasiga ikkinchi bor finalga qadar etib keldi. Ammo bu safar ular hal qiluvchi bahsda Argentinaga penaltilar seriyasida mag‘lubiyatga uchradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!