Zidan Messini tan olmadi
Jahon futboli yulduzi sifatida qadrlanadigan Zinedin Zidan ideal futbolchi qanday bo‘lishi kerakligini aytdi. Zidan o‘zi yaxshi bilgan o‘yinchilarning eng kuchli xususiyatlarini o‘zining orzusidagi bir futbolchida jamladi.
Frantsiyalik jahon chempioni idealidagi charm to‘p ustasi quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak:
Chap oyoq — Zinedin Zidan.
O‘ng oyoq — Zinedin Zidan.
Bosh bilan o‘ynash — Zinedin Zidan.
Kuch-quvvat — Zlatan Ibragimovich.
Dribling — Alessandro Del Pero.
Hujumni yakunlash — Ronaldo yoki Krishtianu Ronaldu.
Maydonni ko‘ra olish qobiliyati — Zinedin Zidan.
Uzoqdan beriladigan zarbalar — Luka Modrich.
Standart vaziyatlar— Alessandro Del Pero, Mishel Platini, Andrea Pirlo.
Yakkakurashlar — Lilian Tyuram.
Etakchilik qobiliyati— Toni Kroos.
Ko‘pchilik muxlisu mutaxassislar Zinedin Zidan orzusidagi futbolchini shakllantirishda sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi Lionel Messining biror xususiyatini e’tirof etmaganiga e’tibor qaratdi.



Fikrlar