Zidan “Real”ni qanday boshqarish sirini ochdi

  • 16.01.2026 08:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Madridning “Real” klubi sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan bu jamoada murabbiy sifatida qanday qilib muvaffaqiyat qozonish mumkinligi haqida so‘zlab berdi.

- “Real”da murabbiylar o‘yinchilar uchun xizmat qiladi. Men uchun bu – muvaffaqiyatning kaliti. Sen doim futbolchi bilan birga bo‘lishing kerak. Agar shuni tushunmasang, bu yerda uzoq qololmaysan.

Biz futbolchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun shu yerdamiz, ularga doim yonlarida va birga  ekaningni ko‘rsatishing kerak. Jamoa sen joriy etmoqchi bo‘lgan g‘oyalarni qabul qilishi uchun u o‘yinchilarga yoqishi lozim. Agar futbolchilar sening har bir ishingga qo‘shilmasa, doim nimadir yetishmaydi.

Biz bilan ular haqiqatan ham o‘yindan rohatlandishdi. Futbolchilarga katta ishonch baxsh etdik. Ular og‘ir davrni boshdan kechirgan edi va o‘zlariga bo‘lgan ishonchni, jismoniy holatni tiklashga muhtoj edi. Bizning murabbiylar shtabi ularga barchasini qaytarishga yordam beruvchi tizim yaratdi. Qachonki futbolchi raqobatbardosh bo‘lsa, mashq qilishdan va maydonga chiqishdan xursand bo‘lsa, u albatta mavsumdagi barcha sovrinlarni qo‘lga kiritadi, - dedi  dedi Zidan.

Zidan “Real” bosh murabbiyi sifatida ikki martadan Ispaniya chempioni va Superkubogi sohibi, uch marta Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lgan.

Shuningdek, u ikki martadan UEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ham zafar quchgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!