Ziesh transferi yana barbod bo‘lishi mumkin

  • 30 iyun, 2023, 08:52
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hakim Ziesh "An-Nasr"ga o‘tishga juda yaqin kelgandi. Tomonlar bu transfer borasida kelishib olgan. Futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Saudiya Arabistoniga etib keldi va uning tizzasida muammo borligi aniqlandi. 

"Foot Mercato" nashri xabar berishicha, riyodliklarning Ziesh bilan shartnoma imzolash ehtimoli juda past. Klub bunga shubhalanmoqda. 

Hakim qishda ham PSJga o‘tishiga juda yaqin kelgandi. O‘sha vaqtda hujjatlar kech yuborilgani sabab, marokashlik vinger "Chelsi"da qolgan edi. 

"An-Nasr" esa ayni dam Marselo Brozovichni o‘z tarkibiga qo‘shib olishga yaqin turibdi. Yarim himoyachi 3 yillik shartnoma imzolaydi va bu vaqt davomida 100 million evro ishlab olishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!