Ziesh uchun kurashayotgan "Totttenxem"ga jiddiy raqobatchi paydo bo‘ldi

  • 19 aprel, 2019, 09:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kicker nashri xabar berishicha, "Ayaks" yarim himoyachisi Xakim Ziesh faoliyatini Germaniyaning "Bavariya" klubida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Myunxenliklarning skautlari Ziesh ishtirokidagi uchrashuvlarni kuzatib borishmoqda. Klub 26 yoshli xavbekni sotib olish borasida bir qarorga kelib bo‘lgan. Mavsum yakuniga etganidan so‘ng "Bavariya" Ziesh borasida rasmiy taklif bilan chiqishni rejalashtirmoqda.

Shuningdek, Zieshga "Milan" va "Tottenxem" klublari ham qiziqish bildirmoqda. Ular qatorida "Tottenxem" asosiy da’vogar sifatida ko‘rsatilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!