Zieshning yangi jamoasi deyarli aniq
"Milan" rahbariyati "Chelsi" vingeri Hakim Zieshni qo‘lga kiritish ustida ishlamoqda.
Sky Sport Italia xabariga ko‘ra, Italiya klubi 29 yoshli marokashlik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishiga ishonmoqda. Endi "Milan" va "Chelsi" barcha tomonlarga mos keladigan transfer formulasini qidirmoqda.
So‘nggi paytlarda klublar Zieshning transferi borasidagi muzokaralarni faollashtirishgan. Transferni amalga oshirish uchun vaqt kerak bo‘ladi, ammo "Milan" uni muvaffaqiyatli yakunlashiga ishonchi komil.
Oldinroq “rossonerilar” Hakimni ijaraga olmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi. Futbolchining "Chelsi" bilan shartnomasi esa 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Marokashlik futbolchi o‘tgan mavsum “Chelsi” safida jami 44 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar