Zohid Kenjaev “Portugal Open”dagi ilk g‘alabasini nishonladi
Zohir2018
Ma’lumot uchun, Zohid ayni paytda jahon reytingida 126, Pistej esa 67 - o‘rinni egallab turibdi
Stol tennisi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoamiz a’zosi Zohid Kenjaev Portugaliyada Xalqaro stol tennisi federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan “Portugal Open” turnirini g‘alaba bilan boshladi.
XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi bo‘lgan Zohid Kenjaev saralash bahslarining ikkinchi davrasida Shveytsariya vakili Posh Larsga qarshi o‘yin o‘tkazdi va 4:1(11:6, 10:12, 11:6, 11:8, 11:7) hisobida taslim etishni uddaladi.
Endi hamyurtimiz “Portugal Open ” musobaqasining 1/32 final bosqichida Slovakiya vakili Lubomir Pistejga qarshi to‘qnash keladi.

Izohlar (0)