Zo‘r to‘purar uch klubdan rasmiy taklif oldi
Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Antuan Grizmannga bir nechta jamoalar qiziqish bildirmoqda. Uch klub frantsiyalik futbolchiga rasmiy transfer takliflarini yuborgan.
Asosiy da’vogarlar qatorida Saudiya Arabistonining “Al-Ahli”, Birlashgan Arab Amirliklarining “Al-Vahda” klublari, MLSdan “Sharlott” jamoasi bor. Ular o‘z maqsadlarini rasman ma’lum qilishdi.
Bu haqda jurnalist Ekrem Konur X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
Bundan tashqari, futbolchi atrofidagi vaziyatni AQShning “Inter Mayami”, “Lion”, Turinning “Yuventus” va Istanbulning “Galatasaroy” jamoalari ham kuzatib bormoqda.
Grizmanning “Atletiko” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 24 ta o‘yinda qatnashib, sakkizta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, hujumchining bozor qiymati 11 million evroni tashkil qiladi.
Fikrlar