
“Liverpul” super transferga, Muhammad Saloq ketishga tayyorlanmoqda
PSJ etakchi hujumchisi Kilian Mbappeni yangi shartnomaga ko‘ndira olmagan taqdirda, yozda uni sotib yuborishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqaldi. 21 yoshli hujumchiga asosiy da’vogarlar “Real” va “Liverpul” bo‘lib qolmoqda.
Madridliklar narxi 150 million evro atrofida baholanayotgan Mbappeni olishda moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelyapti. Shuning uchun liverpulliklarning imkoniyati yuqoriroq. Qolaversa, Yurgen Kloppning asosiy to‘purari Muhammad Saloh ham xuddi Mbappe singari amaldagi klubi bilan shartnomani uzaytirishni istamayapti.
“Liverpul” yozda Muhammad Salohni sotib yubormoqchi va uning transferidan keladigan mablag‘ni Mbappeni olishga yo‘naltiradi. Misrlik hujumchi “Real”ga o‘tmoqchi.
Bundan tashqari, Yurgen Klopp bir necha yil avval, Muhammad Salohni “Liverpul”ga kelishiga qarshi bo‘lgan. Lekin germaniyalik mutaxassis Mbappe uning o‘yin sxemasi va taktikalariga har tomonlama mos tushishini ta’kidlayapti.
Fikrlar